Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg gubernatori bilan telefon orqali muloqot qildi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Aleksandr Beglov davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston hududlarining Sankt-Peterburg shahri bilan ikki tomonlama amaliy hamkorligini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, yangi kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirishga qaratilgan qo‘shma chora-tadbirlarni qabul qilishga alohida e’tibor qaratildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring