Shavkat Mirziyoyev Ramazon oyida ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-fevral kuni Ramazon oyida ehtiyojmand aholining ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.
Mamlakatimizda soʻnggi yillarda inson qadrini ulugʻlash, aholini ijtimoiy himoya qilish va adolatli jamiyat barpo etishga qaratilgan keng koʻlamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Konstitutsiyada mustahkamlab qoʻyilganidek, Oʻzbekiston ijtimoiy davlat sifatida fuqarolar farovonligini taʼminlash, ehtiyojmand qatlamlarni qoʻllab-quvvatlash va jamiyatda mehr-oqibat muhitini kuchaytirishni ustuvor vazifa deb biladi. Mazkur tamoyillar, ayniqsa, Ramazon oyida yanada yorqin namoyon boʻlib, saxovat va hamjihatlik qadriyatlari amaliy ishlar bilan mustahkamlanmoqda.
Davlatimiz rahbari muborak oyda nuroniylar, yolgʻiz va ehtiyojmand fuqarolar holidan xabar olish, ogʻir ahvolga tushib qolgan oilalarga amaliy koʻmak berish ezgu qadriyat ekanini taʼkidladi.
Yigʻilishda shu maqsadda ishlab chiqilgan “Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” shiori ostidagi kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida axborot berildi. Ularni amalga oshirish uchun “Vaqf” xayriya jamoat fondiga 750 milliard soʻm hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi orqali 300 milliard soʻm ajratilishi belgilandi.
Ajratiladigan mablagʻlar hisobidan ehtiyojmand oilalarga bir martalik moddiy yordam koʻrsatish, nogironligi bor shaxslarning davolanish va jarrohlik amaliyotlari xarajatlarini qoplab berish koʻzda tutilgan.
Prezidentimiz joriy yil yanvar oyida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida bugun turli radikal va ekstremistik gʻoyalar axborot texnologiyalari orqali yoshlarimiz ongini zaharlashga urinayotgani, faqat jazo va taqiq bilan bu muammoni hal qilib boʻlmasligini taʼkidlagan edi.
Ayni damda Prezidentimiz jamiyat onalari va kelajak avlod tarbiyachilari boʻlgan xotin-qizlarni buzgʻunchi gʻoyalar taʼsiridan asrash, ularni ham maʼnan, ham moddiy qoʻllab-quvvatlash masalasiga alohida urgʻu berdi.
Bu jarayonda yot gʻoyalar taʼsiriga tushib qolgan shaxslarni ijtimoiylashtirish, moddiy qoʻllab-quvvatlash, ularning oilalari bilan individual tarzda ishlab, tibbiy va psixologik yordam koʻrsatish hamda kasb-hunarga oʻrgatish orqali bandligini taʼminlash zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Prezidentimiz har bir mahallada ehtiyojmand oilalarning aniq va shaffof roʻyxatini shakllantirish, yordamlarni fuqarolarning dini, millati va ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼi nazar, teng va adolatli tarzda yetkazish shartligini alohida taʼkidladi. Masʼul idoralarga bu borada qatʼiy nazorat oʻrnatish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring