Shavkat Mirziyoyev: Rahbarlarning dunyoqarashi oʻzgarishi kerak!
Ziyoda ASHUROVA, Munisxon KARIMOVA onlayn:
Xalqaro kongress markazida davlatimiz rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasi davom etmoqda. Unda Prezident 2020-yil Ilm-maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalarga toʻxtalib oʻtdi.
“Rahbarlarning raqamli iqtisodiyot boʻyicha dunyoqarashi oʻzgarishi kerak, bilmasangiz oʻqib oʻrganishingiz kerak”, deya taʼkidladi.
Shuningdek, joriy yilda ustuvor masalalar – makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, inflyatsiyani jilovlash vazifalariga eʼtibor qaratdi. Bu borada parlament nazoratining taʼsirchan mexanizmidan foydalanish zarurligini yangi parlament oldiga qoʻydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring