Shavkat Mirziyoyev Pekinga keldi

10:32 04 Fevral 2022 Siyosat
950 0

Foto: president.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-fevral kuni 2022-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarining ochilish marosimida ishtirok etish uchun Pekin shahriga tashrif buyurdi.

Xitoy poytaxtining “Shoudu” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini ushbu mamlakatning rasmiy shaxslari kutib oldi.

Qishki Olimpiadaning ochilish marosimi bugun Toshkent vaqti bilan 17:00 da Pekindagi “Qush uyasi” milliy stadionida boshlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер