Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-aprel kuni Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbarlari ikki va koʻp tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar.
Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalardagi kooperatsiya loyihalari va dasturlarini amalga oshirishni jadallashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi koʻrib chiqildi.
Mintaqaviy hamkorlik, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti va Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti doirasidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring