Shavkat Mirziyoyev Muhammad bin Zoid Ol Nahayonga tabrik yoʻlladi
Foto: president.uz
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qoʻmondoni oʻrinbosari, Abu Dabi Amirligi valiahdi Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayonni mamlakat Prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi.
«Sizning soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Amirliklar oʻrtasidagi koʻp qirrali va uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini har tomonlama mustahkamlashga qoʻshib kelayotgan beqiyos amaliy hissangizni va koʻrsatayotgan eʼtiboringizni katta mamnuniyat bilan eʼtirof etmoqchiman.
Kelgusida ham birgalikdagi qatʼiy intilishlarimiz va doimiy muloqotlarimiz natijasida davlatlarimiz oʻrtasida jadal rivojlanib borayotgan oʻzaro ishonch, yuksak hurmat va bir-birini qoʻllab-quvvatlash tamoyillariga asoslangan sherikligimiz izchil kengayib borishiga aminman», deyiladi, jumladan, davlatimiz rahbarining maktubida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring