Shavkat Mirziyoyev Fransiyaga joʻnab ketdi

15:37 11 Mart 2025 Siyosat
337 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 11-mart kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga joʻnab ketdi.

Tashrif dasturiga muvofiq Parij shahridagi Yelisey saroyida oliy darajadagi muzokaralar, shuningdek, Fransiya rasmiylari va yetakchi kompaniyalari vakillari bilan qator uchrashuvlar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.

Koʻp qirrali Oʻzbekiston-Fransiya munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari koʻrib chiqiladi.

Sammit yakunida davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo bitimlar toʻplamini qabul qilish rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер