Shavkat Mirziyoyev Eron bilan ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilmoqda
Foto: president.uz
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Eron Prezidenti Ibrohim Raisiy ikki mamlakat oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Diqqat markazida - oʻzaro savdo hajmini oshirish, kooperatsiyani kuchaytirish, sanoat, innovatsiyalar, qishloq xoʻjaligi, energetika, transport va logistika, boshqa ustuvor yoʻnalishlarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish.
Mintaqada samarali transport yoʻlaklarini rivojlantirish imkoniyatlari koʻrib chiqiladi.
Oʻzbekiston va Eron yetakchilari dolzarb mintaqaviy masalalar, shu jumladan Afgʻonistonda yuzaga kelayotgan vaziyat, SHHT doirasidagi koʻp tomonlama hamkorlik masalalarini ham muhokama qiladilar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring