Shavkat Mirziyoyev: "Dunyodagi vaziyat va ziddiyatlar tobora kuchayib borayotgan sharoitda befarq bo‘lib, “kun o‘tsa bo‘ldi” qabilida ish tutadigan rahbarlar eng katta dushman"
Qarshi shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Davlatimiz rahbari dunyodagi vaziyat va ziddiyatlar tobora kuchayib borayotgani, bunday sharoitda befarq bo‘lib, “kun o‘tsa bo‘ldi” qabilida ish tutadigan rahbarlar eng katta dushman ekanini qayd etdi.
“Mamlakatimiz, xalqimiz tinchligi, farovonligi va kelajagi uchun yangi korxonalar, ish o‘rinlari, yangi bozorlar, investisiya, katta-katta tushumlar kerak”, - dedi Prezident.
Hokim va vazirlar asosiy hamkor davlatlar bozoridagi tebranishlar, savdo cheklovlari davom etaversa, mahsulotlarni qayerga va qanday sotish kerak, qaysi korxonaga qanday ko‘mak berish zarur, degan masalalar ustida bosh qotirishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring