Shavkat Mirziyoyev Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-sessiyasida ishtirok etish uchun Samarqandga tashrif buyuradi
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Butunjahon turizm tashkiloti (YUNVTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi ochilish marosimida ishtirok etish uchun Samarqandga tashrif buyuradi.
Davlatimiz rahbari BMT tizimidagi ushbu yetakchi tuzilmaning bosh sammiti ochilishida nutq so‘zlaydi.
Tashrif dasturi doirasida, shuningdek, YUNVTO bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashuv o‘tkazish hamda turizm ko‘rgazmasi bilan tanishish rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring