Shavkat Mirziyoyev butun xalqimizni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan samimiy tabriklab, sihat-salomatlik, fayzu baraka, oilaviy baxt tiladi

13:30 20 Dekabr 2022 Siyosat
1213 0

Foto: president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Prezident Murojaatnomaga yakun yasar ekan, unda aytilgan vazifalarni dunyodagi hozirgi murakkab sharoitda amalga oshirish oson boʻlmasligini qayd etdi.

«Lekin biz oʻtgan davrda katta bilim va tajriba toʻpladik. Eng muhimi, oʻz kuch va imkoniyatlarimizga boʻlgan ishonchimiz tobora ortib bormoqda.

Shu bois, qanchalik qiyin boʻlmasin, tanlagan yoʻlimizdan hech qachon ortga qaytmaymiz. Koʻzlagan marralarimizga albatta yetamiz.

Bu yoʻlda niyati ulugʻ, qalbi pok, mehnatkash xalqimizga tayanamiz. Bir tanu bir jon boʻlib harakat qilsak, men ishonaman, el-yurtimiz intilayotgan Yangi Oʻzbekistonni albatta barchamiz birgalikda bunyod etamiz», - dedi davlatimiz rahbari.

Prezident soʻzining yakunida yigʻilganlarni, butun xalqimizni kirib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklab, sihat-salomatlik, fayzu baraka, oilaviy baxt tiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер