Shavkat Mirziyoyev: “Bu harakatlarga chetdagi gʻarazli kuchlar tomonidan yillab tayyorgarlik koʻrilgan”
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida arxitektura, qurilish va shaharsozlik sohasidagi ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.
Yigʻilishda davlatimiz rahbari Qoraqalpogʻistondagi vaziyat haqida toʻxtalib oʻtdi.
"Albatta, bu voqealar bir kunda yoki oʻn kunda tashkil qilingan emas.
Bu harakatlarga chetdagi gʻarazli kuchlar tomonidan yillab tayyorgarlik koʻrilgan.
Ularning asl maqsadi Oʻzbekistonning hududiy yaxlitligiga tajovuz qilish va millatlararo nizo keltirib chiqarishga qaratilgan.
Boʻlib oʻtgan voqealarni har tomonlama chuqur va xolisona tergov qilish uchun Bosh prokurorning birinchi oʻrinbosari boshchiligida tergov va surishtiruv guruhi ish olib bormoqda.
Bu jarayonga xolis tomonlarni, yaʼni, jamoatchilik vakillari, deputatlar va faollarni ham jalb qilish zarur.
Shuning uchun, Bosh prokuror N.Yoʻldoshevga topshiriq – har bir holat chuqur va xolisona oʻrganilsin va voqea ishtirokchilarining xatti-harakatlariga adolatli huquqiy baho berilsin.
Shu oʻrinda, kuch tuzilmalarining harakatlari ham chuqur tahlil qilinsin. Agar ular tomonidan notoʻgʻri kuch ishlatilgan boʻlsa, amaldagi qonunchilikka asosan ularning ham jinoiy javobgarligi taʼminlansin", dedi Shavkat Mirziyoyev.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring