Shavkat Mirziyoyev: Barcha vatandoshlarimiz haqida g‘amxo‘rlik qilish – bizning burchimiz

15:27 23 Iyun 2023 Jamiyat
427 0

Prezidentlikka nomzod qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda xorijdagi yurtdoshlarimizni qo‘llab-quvvatlashga oid rejalarni ma’lum qildi.

“Yangilangan Konstitusiyamizda davlat o‘z hududida ham, uning tashqarisida ham o‘z fuqarolarini himoya qilish va ularga homiylik ko‘rsatishni kafolatlashini muhrlab qo‘ydik.

Hozir bu ijtimoiy majburiyatlarni to‘liq amalga oshirish bo‘yicha kelgusi yetti yillik rejalarimni aytaman.

Xorijiy davlatlarda hunarmand va kulollar ko‘rgazmalari o‘tkaziladi, Navro‘z va Mustaqillik bayramlari keng nishonlanadi.

Vatandoshlarimiz uchun O‘zbekiston bo‘ylab, ayniqsa, Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz shaharlariga maxsus sayohatlar hamda chegirmalar paketi ishlab chiqiladi.

Bu ishlarni samarali tashkil qilish uchun, “Vatandoshlar” jamoat fondiga 300 milliard so‘m ajratiladi.

Ushbu jamoat fondining vakolatlari ham kengaytiriladi. Vatandoshlar bilan yanada yaqinroq ishlash uchun yangi instrument va imkoniyatlar yaratib beriladi”, – dedi prezidentlikka nomzod.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер