Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Ashxobodga joʻnab ketdi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 11-dekabr kuni amaliy tashrif bilan Ashxobodga joʻnab ketdi.
12-dekabr kuni davlatimiz rahbari Turkmanistonning doimiy betarafligi eʼlon qilinganining 30-yilligi, Xalqaro betaraflik kuni hamda 2025-yil “Xalqaro tinchlik va ishonch yili” deb eʼlon qilinganiga bagʻishlangan xalqaro forumda ishtirok etadi.
Tashrif davomida Oʻzbekiston Prezidenti qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʻtkazadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring