Shahrisabzning eng chekka hududida zamonaviy bogʻcha foydalanishga topshirildi

17:21 19 Fevral 2024 Jamiyat
234 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Jahongir BOYMURODOV, /“Xalq soʻzi”. Shahrisabz tumanining eng chekka va togʻli hududlaridan biri — Abziyat mahallasida yangi maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

Foto: “Xalq soʻzi”

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda soʻzga chiqqanlar tomonidan taʼkidlanganidek, bugun mamlakatimizda maktabgacha yoshdagi bolalarning sifatli taʼlim va tarbiya olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Eng chekka hududlarda ham zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkilotlari barpo etilib, foydalanishga topshirilyapti. Abziyat mahallasida 120 oʻringa moʻljallangan zamonaviy maktabgacha taʼlim tashkilotining ish boshlashi bu boradagi ishlarning yana bir namunasi boʻldi.

— Mahallamizdagi eski bogʻcha moslashtirilgan binoda joylashgan boʻlib, soʻnggi yillarda oʻta taʼmirtalab ahvolga kelib qolgandi, — deydi Shahrisabz tumanidagi 25-DMTT mudirasi Hulkar Qodirova. — Oʻtgan yili eski bino buzib tashlanib, oʻrnida zamonaviy inshoot qurish ishlari boshlangandi. Bugun mana shunday koʻrkam va barcha shart-sharoitlarga ega maktabgacha taʼlim tashkiloti foydalanishga topshirildi. Bu yerda bolajonlarga sifatli taʼlim va tarbiya berish uchun barcha imkoniyatlar muhayyo etilgan.

Foto: “Xalq soʻzi”

Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtish joiz, 2016-yilda Qashqadaryoda mavjud bogʻchalar soni 326 tani, qamrov darajasi esa 13 foizni tashkil etardi. Hozir viloyatda 3500 dan ortiq maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, qamrov darajasi 60 foizdan ortdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер