Shahrisabzda Damas haydovchisi birinchi sinf oʻquvchisini chorrahada urib yubordi: bola kasalxonada vafot etdi
Shahrisabzda (Qashqadaryo viloyati) YTH sodir boʻlib, uning oqibatida voyaga yetmagan bola halok boʻldi. Bu haqda viloyat maktabgacha taʼlim va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Baxtsiz hodisa 19-aprel kuni soat 12:35 atrofida yuz bergan. “Damas” haydovchisi katta tezlikda harakatlanib, uyi yonidagi piyodalar oʻtish joyida yoʻlni kesib oʻtayotgan 1-sinf oʻquvchisi O.I.ni urib yuborgan.
Oʻquvchi kasalxonaga yotqizilgan. Koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramay vafot etgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, haydovchi ushlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring