Shahrisabz shahridagi boʻsh turgan mulklar negizida kichik sanoat zonalari tashkil etiladi

18:56 25 Oktyabr 2022 Siyosat
1047 0

Foto: president.uz

Hokimning hisobotini tinglab, Prezidentimiz mutasaddilarga tegishli topshiriqlarni berdi. Jumladan:

— Shahrisabzning Miraki, Suvtushar va Sarchashma, Kitobning Qaynar va Bashir, Qamashidagi Beshterak va Mirishkordagi Jeynov qishloqlarida turizmni rivojlantirish;

— yil yakuniga qadar Qashqadaryo viloyatida mavjud 46 ta kon zaxiralarini xatlovdan oʻtkazib, auksionga chiqarish;

— Muborak, Nishon, Gʻuzor va Mirishkor tumanlarida sotilmasdan turgan 82 ta davlat mulki narxini 50 foizga kamaytirib, savdoga chiqarish;

— Shahrisabz shahridagi boʻsh turgan mulklar negizida kichik sanoat zonalari tashkil etish;

— «Rubikon Voter» texnologiyasi asosida Qashqadaryoda sugʻorish tizimini yaxshilash loyihasini kengaytirish masalasini ishlab chiqish;

— 2023-yil 1-iyulga qadar Gʻuzor-Buxoro-Nukus-Beyneu yoʻlining 100 kilometr qismini taʼmirlash loyihasini ishlab chiqib, ishlarni boshlash;

— yil yakuniga qadar Samarqanddan Shahrisabzga oʻtuvchi 30 kilometr yoʻlni taʼmirlash loyihasini ishlab chiqish;

— Koson tumanidagi industrial zona infratuzilmasi uchun 40 milliard soʻm ajratish vazifasi qoʻyildi.

Shuningdek, mutasaddilarga Qashqadaryoda ijtimoiy sohani yaxshilash maqsadida:

— 13 ta bogʻchani qayta qurish hamda 14 ta mahallada yangi bogʻcha qurish loyihasini 2023-yil investitsiya dasturiga kiritish;

— yil yakuniga qadar 189 ta oilaviy bogʻcha tashkil etishga 4,5 milliard soʻm, 2023-yilda 380 ta bogʻcha tashkil etishga 52 milliard soʻm subsidiya ajratish;

— bir oy muddatda “Ona va bola tibbiyot markazi”ni jihozlash boʻyicha loyihani tayyorlash;

— kelgusi ikki yilda Qarshi va Shahrisabz shaharlari, Koson, Nishon va Chiroqchida qoʻshimcha 550 oʻrinli tugʻruq komplekslarini tashkil etish;

— yil yakuniga qadar zamonaviy tibbiy uskunalar xaridi uchun 2 milliard soʻm ajratib, 21 turdagi yuqori texnologik amaliyotlarni yoʻlga qoʻyish;

— yil yakuniga qadar Kitob va Qarshi tumanlarida “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini tashkil etish boʻyicha taklif kiritish;

— bir oy muddatda 48 ta maktabni tanlab olib, kelgusi oʻquv yilidan Finlyandiya taʼlim tizimini joriy etish topshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер