Shahnoza Sodiqova — “Adliya ayoli” tanlovi gʻolibi
Foto: “Xalq soʻzi”
Andijon viloyatida “Adliya ayoli” respublika koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda shahar va tuman adliya boʻlimlarida faoliyat olib boruvchi xotin-qizlar oʻzlarining kasb mahoratini namoyish etdilar.
— Tanlov shartlariga koʻra, ishtirokchilarning huquqiy bilimi va faoliyatga doir fikrlash darajasi va tafakkuri sinovdan oʻtkazildi,—deydi adliya boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari Muhammadbobur Karimov. – Qolaversa, ularning sport sohasida ham bellashib, mahoratlarini namoyish etishdi.
Hakamlar hayʼati qatnashchilar ishtirokiga yuqori baho berdi. Tanlov jarayonida ular nechogʻli yuksak salohiyatli kasb egasi ekanliklarini ifoda etganligi eʼtirof etildi. Yakunda yuridik texnikumi oʻqituvchisi Shahnoza Sodiqova gʻoliblikni qoʻlga kiritib, tanlovning respublika bosqichiga yoʻllanma oldi.
Umidjon MAMARASULOV,
jurnalist.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring