Shaharda yana pedofil paydo boʻldimi?
Illyustrativ foto
Internet tarmogʻida va Telegram messenjerida Yunusobod tumanida “Spark” avtomobilini boshqargan yigit voyaga yetmagan bolaga qiziqish bildirayotgani haqida xabar tarqaldi. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari “shaharda yana pedofil paydo boʻldi” degan asossiy taxminlar tarqatishmoqda.
IIBBning maʼlum qilishicha, yuqoridagi hodisalar 20-oktyabr dushanba kuni sodir boʻldi. Voqea joyiga tezda Toshkent shahar IIBB PPX va Milliy gvardiya xodimlari yetib borishdi. Jabrlanuvchi sifatida ichki ishlar organlariga hech kim murojaat qilmadi. “Spark”ni boshqargan yigit haqida quyidagilarni maʼlum qilamiz. Haydovchining shaxsi aniqlanib, u – 19 yoshli X.Sh. ekanligi maʼlum boʻldi. Uning gaplariga qaraganda, bolani koʻrib qolganda, u Yunusobod tumanidagi maktablardan birining yonida 17 yoshli oʻrtogʻi U.O.ni kutib turgan boʻlgan. Bola yoʻl boʻyida uzoq vaqt turib qolganligi sababli X.Sh. uni uyiga olib borib qoʻyishni taklif qilgan. “Gʻaraz niyat xayolimdayam yoʻq edi”, - deydi yigit.
“Ogohlikni yoʻqotmagan fuqarolar 102 raqamiga qoʻngʻiroq qilib toʻgʻri qilishgan. Ammo mish-mish va taxminlar tarqatib, vahima qilish notoʻgʻri. Ota-onalardan ijtimoiy tarmoqlarda, messenjerlarda va guruhlarda mish-mish va taxminlarni tarqatmaslikni soʻraymiz”, - deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring