Shahar boʻylab harakatlanishda ehtiyotkor boʻling — poytaxt hokimligi ogohlantirish bilan chiqdi

11:14 05 Mart 2026 Jamiyat
320 0

Bugun, 5-mart kuni Toshkent shahri hududida yogʻingarchilik va kuchli shamol boʻlishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan poytaxt hokimligi shahar aholisi va mehmonlariga ogohlantirish bilan chiqdi.

Unda aytilishicha, ob-havo sharoitining yomonlashuvi sababli elektr simlarining uzilishi hamda zararlangan daraxtlarning qulashi kuzatilishi mumkin.

Hokimlik noqulay ob-havo sharoitida quyidagi ehtiyot choralarini koʻrishga chaqirgan:

  • avtomobillaringizni daraxtlar va elektr uzatish liniyalari ostida qoldirmang;
  • shahar boʻylab harakatlanishda ehtiyotkor boʻling;
  • oʻzingizni, yaqinlaringizni va shaxsiy mulkingizni asrang.

 

Shuningdek, favqulodda vaziyatlar yuz bergan taqdirda, 112, 1055, (71) 212-69-80, (71) 212-69-82 telefon raqamlariga murojaat qilishlari eslatib oʻtilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер