Servitut belgilangan yer uchastkasida qurilmalarni saqlash qoidasi kiritilmoqda — Qonun loyihasi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi majlisida deputatlar “Yer toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda konseptual jihatdan koʻrib chiqildi.
Mazkur qonun loyihasi bilan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga servitut shartlari, servitut belgilangan yer uchastkasini boʻlish, servitut belgilangan yer uchastkasida qurilmalarni saqlash kabi qoidalar kiritilmoqda.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksi yer uchastkasiga nisbatan servitut belgilash toʻgʻrisida kelishuv, yer uchastkasiga nisbatan servitut belgilash toʻgʻrisida kelishish tartibi, servitut toʻgʻrisidagi kelishuv ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari belgilanmoqda.
Bundan tashqari, yer uchastkalarini ajratmasdan va servitut belgilamasdan yerdan foydalanish, ommaviy servitut uchun haq toʻlash, ommaviy servitut egalarining huquq va majburiyatlari, ommaviy servitutni bekor qilish asoslari va boshqa qoidalar bilan toʻldirilmoqda.
Xalq vakillari taʼkidlashicha, qonun loyihasi yer uchastkalari ijara turlarining oʻziga xos xususiyatlarini belgilagan holda, ularni garovga qoʻyish hamda ijara huquqini boshqa shaxsga oʻtkazish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring