Server Ibragimov 1-oʻrin bilan finalga yoʻl oldi
Bir oz avval para-oʻq otishning 50 metr masofadan toʻpponchadan otish yoʻnalishi boʻyicha saralash bahslari yakunlandi. Bu haqda MOQ xabar berdi.
Quvonarlisi, unda ishtirok etgan hamyurtimiz Server Ibragimov 539 ochko bilan birinchi oʻrinni egalladi va finalga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Ibragimov ishtirokidagi final bahsi bugun Toshkent vaqti bilan soat 08:15 da boshlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring