Sergelidagi yongʻin 15 ming kv.m maydonni qamrab olgan
FVV axborot xizmati xabar berishicha, yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari soat 02:48 da yongʻinga yetib borib, tezkor harakatlar natijasida, soat 05:02 da yongʻin qurshab olingan va soat 10:47 da batamom oʻchirilgan.
Yongʻinni bartaraf etish ishlariga, FVV va boshqa tegishli tashkilotlardan jami 210 ta texnika va 2000 dan ortiq shaxsiy tarkib jalb qilindi. Dastlabki oʻrganish ishlariga koʻra 15 ming kv.m omborxona maydonida yongʻin oʻchirilib, 30 ming kv.m maydoni saqlab qolindi.
Vaziyat toʻliq nazoratga olinib, hozirda uning oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Sodir boʻlgan yongʻin yuzasidan dastlabki tergovga qadar surishtiruv ishlari va moddiy zarar miqdorini aniqlash ishlari Toshkent shahar Prokuraturasi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan hamkorlikda olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring