Sergelida sodir boʻlgan YTH oqibatida bir kishi vafot etgani maʼlum boʻldi

15:51 10 Iyul 2024 Jamiyat
359 0

Foto: Videodan kadr

Avvalroq Toshkent shahri Sergeli tumanida 3 ta avtomashina ishtirokida dahshatli yoʻl-transport hodisasi sodir boʻlgani haqida xabar berilgandi. Poytaxt YHXB mazkur hodisa boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, kecha, 09-iyul kuni soat 19:40 larda sodir boʻlgan hodisada 43 yoshli (ayol) D.U. boshqaruvida boʻlgan “Spark”, 22 yoshli (erkak) I.M. boshqaruvidagi “Honda” va 40 yoshli (erkak) A.A. boshqaruvida boʻlgan “Spark” rusumli avtomashinalar ishtirokida toʻqnashuv yuz bergan.

YTH oqibatida D.U. boshqaruvidagi “Spark” yoʻlovchisi boʻlgan 33 yoshli (ayol) S.X. shifokorlarning saʼy-harakatlariga qaramasdan olgan tan jarohatlari bilan vafot etgan.

Shuningdek, ushbu yoʻl transport hodisasi tufayli

“Spark” rusumli avtomashina haydovchisi D.U. va “Honda” rusumli avtomashina yoʻlovchisi 22 yoshli (ayol) M.R.lar tan jarohat olib shifoxonaga yotqizilgan.

Maʼlum qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер