Sergeli tumaniga yangi hokim tayinlandi
Foto: Toshkent shahar hokimligi
Ismatov Davron Raximdjonovich Sergeli tumani hokimi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Davron Ismatov 1982-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent moliya instituti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasida tahsil olgan. Maʼlumoti oliy.
Ismatov mazkur tayinlovga qadar, 2024-yil fevral oyidan Markaziy bank Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring