Sergeli tumani “Quruvchilar” dahasidagi omborxonalarning birida kuchli chaqnash oqibatida yongʻin sodir boʻldi — FVV

08:51 28 Sentyabr 2023 Jamiyat
529 0

Bugun, 28-sentyabr kuni soat 02:43 da Toshkent shahar Sergeli tumani “Quruvchilar” dahasida joylashgan “Inter Logistics” MCHJga qarashli omborxonada kuchli chaqnash oqibatida yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.

Shunga koʻra, 16 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji va  3 ta avtonarvon soat 02:48 da hodisa roʻy bergan hududga yetib borib, yongʻinni oʻchirish ishlari amalga oshirilgan. 

“FVV xodimlari tomonidan yongʻinni oʻchirish ishlari davom etmoqda. Vaziyat toʻliq nazoratga olingan. Yongʻin soat 05:02 da qurshab olingan. FVV xodimlarining tezkor harakatlari natijasida yongʻin maydoni qisqartirilib borilmoqda. Voqea joyida dastlabki daqiqalardan boshlab FVV rahbariyati hamda kuch va vositalari, shuningdek, tegishli tashkilotlar xodimlari ish olib bormoqda. Yongʻin kelib chiqish sababini aniqlash maqsadida FVVning maxsus laboratoriyasi hodisa joyida ish olib bormoqda. Voqea joyida FVV rahbarligida shtab tashkil etilgan” deyiladi rasmiy bayonotda.

Hodisa yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер