Serdar Berdimuhammedov Turkmanistonning yangi prezidenti etib saylandi
Foto: Arxiv surat
2022-yilning 12-mart sanasida Turkmanistonda boʻlib oʻtgan prezident saylovining yakuniy natijalari eʼlon qilindi. Ovoz berishda roʻyxatdan oʻtgan 3 mln 460 ming 80 saylovchilarning 97,17 foizi yoki 3 mln 362 ming 053 nafar saylovchi ishtirok etdi.
Saylovda 9 ta nomzod ishtirok etdi. Ovoz berish natijalari nomzodlar boʻyicha quyidagicha:
Lebop viloyati moliya-iqtisodiyot oʻrta maktabi direktori Perxat Guvanchguliyevich Begendjov – 2,02%
Mari viloyat hokimi oʻrinbosari Agadjan Bekmuradov – 7,22 %
Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi oʻrinbosari Serdar Gurbanguliyevich Berdimuxammedov - 72,97 %
“Awaza” sanatoriyasi bosh shifokori, Turkmaniston Mejlisi deputati Berdimammet Xanmamedovich Kurbanov – 2,22 %
“Wepaly gurluşyk” xoʻjalik jamoasi direktori Meredov Babamurat Tirkeshovich -1,08 %
Turkmaniston davlat jismoniy tarbiya va sport instituti ilmiy ishlar boʻyicha prorektori Xidir Kakabayevich Nunnayev – 11,09 %
Turkmaniston demkoratik partiyasi Toshhovuz viloyati Saparmurod Turkmanboshi etrapi qoʻmitasi rahbari Maksat Miradovich Odeshov 1,15 %
Axal viloyati Babadayxon etrapi sanitar-epidemiologik xizmati rahbari Maksatmurad Ashirgeldiyevich Ovezgeldiyev 1,16 %
Turkmaniston davlat energetika instituti “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” ishlab chiqarish markazi direktori Kakageldi Atajanovich Sariyev 1,09 % .
Turkmaniston Saylov kodeksining 76-moddasiga koʻra, Turkmaniston Markaziy saylov komissiyasining 2022-yil 14-martdagi qaroriga asosan Serdar Gurbanguliyevich Berdimuxammedov 72,97 % ovoz bilan Turkmaniston Respublikasi Prezidenti deb eʼlon qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring