Serbiya prezidenti mamlakatda oʻlim jazosini qaytarishga chaqirdi

23:48 06 May 2023 Dunyo
945 0

Illyustrativ foto

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich xalqqa murojaatida hukumatni mamlakatda oʻlim jazosini qaytarishga chaqirganini aytdi.

“Men Bosh vazirga [Ana Brnabichga] oʻlim jazosini qaytarishni taklif qildim, biroq u va hukumat bunga qarshi. Chunki agar shunday boʻlsa biz va Belarus Yevropada oʻlim jazosiga ega mamlakatlar boʻlamiz”, deydi Vuchich. Uning qoʻshimcha qilishicha, mamlakat “juda aqlli boʻlmagan” konvensiyalar tufayli bunga erisha olmaydi.

Siyosatchining soʻzlari shu yilning 5-mayga oʻtar kechasi Belgrad yaqinidagi qishloqda sodir boʻlgan fojia ortida aytildi. Gumonlanuvchi 21 yoshli Urosh B. mahalliy maktab hovlisida huquq-tartibot idorasi xodimi bilan janjallashib, uyidan qurol olib, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi va uning singlisini otib oʻldirgan. Keyin u yaqin atrofdagi qishloqda otishmani davom ettirgan va u yerda politsiyadan yashirinishga uringan. Natijada 8 kishi halok boʻlgan, yana 13 kishi tan jarohati olgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер