Sening jasorating mangu

15:35 03 Mart 2025 Jamiyat
162 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasida boʻlib oʻtgan “Sening jasorating mangu” nomli onlayn-telekoʻprik shaklidagi tadbir asakalik urush qatnashchisi Gʻulom Yoqubov xotirasiga bagʻishlandi.

— Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan Gʻulom Yoqubov oʻz vaqtida Sovet Ittifoqi qahramoni unvoniga munosib topilgan, — deydi mehnat faxriysi Abduqahhor Xoliqov. — Fashist bosqinchilariga qarshi olib borilgan janglarda jasorat koʻrsatgan. Afsuski, Mogilyov viloyati Bixov tumanidagi Ludchitsa qishlogʻi oʻramidagi jangda mardlarcha halok boʻlgan. Oradan oʻtgan yillar davomida zamon oʻzgardi, biroq qahramon xotirasi qalblarda mangu yashamoqda. Uni nafaqat mamlakatimizda, balki Belarus Respublikasida ham faxr va iftixor bilan yodga oladilar.

Har ikki davlat elchixonasi, “Svitanak” Belarus madaniyat markazi vakillari hamda Oʻzbekiston va Belarus maktablari oʻquvchilari va oʻqituvchilari ishtirok etgan xotira tadbirida hamyurtimizning mardligi, jasorati yodga olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер