Senatorlar paxta yigʻim-terimi jarayonlarini oʻrgandi

15:58 13 Oktyabr 2020 Jamiyat
1043 0

Yaqinda Oliy Majlis Senati Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi Odiljon Iminov boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi Surxondaryo viloyati Termiz tumanida paxta yigʻim-terimi jarayonida majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik, terimchilarga yaratilgan shart-sharoitlarni oʻrgandi.

Bundan tashqari, Oliy Majlis Senati Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Risqul Siddiqov rahbarligidagi Respublika ishchi guruhi ham Sirdaryo viloyati Xovos tumanida paxta yigʻim-terimi jarayonini oʻrgandi.

Oʻrganish davomida terimchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning salomatligidan muntazam xabardor boʻlib borish, qolaversa, majburiy mehnatning oldini olish kabi masalalarga urgʻu berildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер