Senator tomonidan hududlarda transformatorlar oʻrnatib berilmoqda

17:24 03 Aprel 2020 Jamiyat
1941 0

Bugungi kunda mamlakatimizda eʼlon qilingan karantin holatiga qaramasdan Senator Abdugʻani Sanginov tomonidan hududlarda aholini elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash maqsadida yangi transformatorlar oʻrnatib berilmoqda. Xususan, Surxondaryo viloyatining Denov, Sariosiyo va Uzun tumanlariga senator tomonidan yangi transformatorlar va beton ustunlar, transfomatorlarni tarmoqqa ulash uchun maxsus simlar yetkazib berildi.

Joriy yil mart oyining oxirgi oʻn kunligi davri mobaynida mazkur tumanlarga umumiy 15 ga yaqin transformatorlar yetkazib berilib, ularni toʻliq tarmoqqa ulash borasidagi barcha tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan,

Uzun tumanida bugungi kungacha3dona transformator,bular “Bahoriston” “Yangiyoʻl” “Yangiroʻzgʻor” MFYlariga 250 kVA quvvatli transformatorlar hamda ularni tarmoqqa ulash uchun 4 500 metr sim;

Denov tumaniga 3 dona 250 kVA quvvatli transformator, bular “Chambil” “Boʻston” hamda “Navbahor” (“Navbahor” va “Oxtom” oraligʻidagi hudud) MFYlariga 250kVA quvvatli transformatorlar hamda ularni tarmoqqa ulash uchun5 000 metr sim;

Sariosiyo tumaniga 3 dona transformator, bular “Nelova”, “Doʻstlik” hamda “Terakzor” MFYlariga 250 kVA quvvatli transformatorlar hamda tarmoqqa ulash uchun 4 500 metr simlar orqali tarmoqqa ulab berildi.

Ogʻir sinovli kunlarda aholi xonadonlarini elektr energiyasi bilan taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan bu kabi savobli ishlar xalqni rozi qilish, ularni turmush farovonligini taʼminlashga qaratilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер