Senator Xorazm viloyatida yalpi majlisda maʼqullangan qonunlar mazmun-mohiyatini tushuntirmoqda
Xabaringiz bor, Senat aʼzolari yalpi majlisda maʼqullangan qonunlar va muhokama qilingan masalalar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish yuzasidan hududlarda uchrashuvlar oʻtkazmoqda.
Jumladan, Senatning agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Sayyora Abdikarimova Xorazm viloyatining Bogʻot hamda Hazorasp tumanlarida boʻlib, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari hamda tuman idora va tashkilotlar xodimlari bilan muloqot oʻtkazdi.
Tadbir davomida 14-yalpi majlisda maʼqullangan qonunlarning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil maʼlumotlar berildi. Ularning ahamiyati, amaliy natijalari hamda fuqarolar hayotida tutgan oʻrni atroflicha tushuntirildi. Shuningdek, mazkur hujjatlarning ijrosini taʼminlash va ularni keng jamoatchilikka yetkazish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shu bilan birga, senator tomonidan Bogʻot tumanidagi 10 ming tomoshabinga moʻljallangan markaziy oʻyingohni kapital taʼmirlash boʻyicha ishlab chiqilgan takliflar joyiga chiqqan holda oʻrganilib, mavjud kamchilik va muammolar aniqlandi.
Uchrashuvlar yakunida fuqarolar tomonidan ijtimoiy-maishiy masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlar tinglandi. Har bir murojaat masʼul rahbarlar tomonidan koʻrib chiqilib, ularni hal etish boʻyicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring