Senator boshchiligida mahalla yoʻllari taʼmirlanmoqda

15:11 06 Iyul 2020 Siyosat
1201 0

Yaqinda Oliy Majlis Senati Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Nosirbek Abdullaxanov Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash Namangan viloyat boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Iroda Qoʻchqorova bilan birgalikda Namangan shahri “Navroʻz” va “Mingchinor” mahallaridagi ijtimoiy muammolarni oʻrgandi.

“Mingchinor” mahallasidagi 4-oʻtish yoʻli «A.Irmatov», «Zavqiy» va “Samandar” koʻchalarida yashovchi aholidan elektr energiyasi taʼminoti boʻyicha eʼtirozlar talaygina. “Mingchinor” mahallasi hududidagi koʻchalarda elektr isteʼmolchi obyekt va xonadonlar koʻpligi sababli ishlab turgan 250 kv elektr transformator kuchlanishi yetarli darajada emasligi bois taʼminotda vaqti-vaqti bilan uzilishlar kuzatiladi. Bu esa aholiga noqulayliklar keltirib chiqarmoqda.

Bundan tashqari, mahalla hududidagi «Zavqiy 1-oʻtish yoʻli», “Fayz koʻcha 4-oʻtish yoʻli”, “Samandar” va «A.Irmatov» koʻchalaridagi yoʻllarga asfalt yotqizish masalasi koʻrib chiqildi.

“Navroʻz” mahallasining “1-oraliq Lolazor” va “1-2-5-oraliq Navroʻz” koʻchalari yoʻllarining ham holati achinarli ahvolda. Yoʻllarda oʻydim-chuqurlar koʻpligidan mashinalar tugul piyodalar ham harakatlanishga qiynaladi. Ayniqsa, kuz va qish mavsumidagi yogʻingarchilik bu yoʻllardan qatnashda noqulayliklar keltirib chiqaradi. Tez-tibbiy yordam mashinasi ham ushbu koʻchalarga kirishga qiynalmoqda. Mazkur masala boʻyicha bir necha bor mutasaddilarga murojaat qilingan, ammo natija yoʻq.

Mazkur masalalar boʻyicha tegishli tashkilotlarga koʻrsatma berildi va ularning yechimi yuzasidan senator nazorati oʻrnatildi.

Yana bir jihat, Namangan shahridagi “Boborahim Mashrab” mahallasining “Imom Buxoriy” koʻchasidagi yoʻllarni taʼminlash toʻgʻrisida aholidan murojaatlar kelib tushgan. Shuning asosida senator N.Abdullaxanov boshchiligida ushbu yoʻllar joriy taʼmirlanmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер