Senator Baxtiyor Sayfullayev vafot etdi
Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi, senator Baxtiyor Sayfullayev 72 yoshida vafot etdi.
B.Sayfullayev bir muddat Toshkent Madaniyat institutining rektori, 2017-2018-yillarda esa madaniyat vaziri lavozimlarida ishlagan.
2020-yildan buyon u senator sifatida faoliyat olib borayotgan edi.
“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati jamoasi marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring