Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi hamda “Oila va gender” instituti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Joriy yilning 31-mart kuni Oliy Majlis Senatining Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi hamda Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi huzuridagi “Oila va gender” ilmiy-tadqiqot instituti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur memorandum mamlakatimizda oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va gender tenglikni taʼminlashga qaratilgan islohotlarni ilmiy jihatdan qoʻllab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Hujjat doirasida oila va gender siyosati sohasida qonunchilikni takomillashtirish, xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqish boʻyicha hamkorlik qilinadi.
Shuningdek, oilalar barqarorligini taʼminlash, xotin-qizlar bandligini oshirish, gender tenglikni taʼminlashga oid masalalar yuzasidan sotsiologik tadqiqotlar oʻtkazish, ilmiy-tahliliy materiallar tayyorlash va ekspertlik xulosalarini ishlab chiqish nazarda tutilgan.
Xotin-qizlar va oilalar muammolarini chuqur oʻrganish, ularni hal etishga qaratilgan amaliy mexanizmlarni joriy etish, shuningdek, ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish va amaliyotga tatbiq etishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring