Senatga Oilaviy bolalar uylarining bir guruh vakillari taklif qilindi
Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Oilaviy uylarni tashkil etgan fidoyi insonlar, taqdir taqozosi bilan ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalari bilan Senatga tashrif buyurishdi.
Samimiy ruhda oʻtkazilgan uchrashuvda davlatimiz tomonidan bolalarning manfaatlarini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlar, Mehribonlik uylarining oʻrniga bolalarning Oilaviy uylarda tarbiyalanishi ahamiyati, bolalarning salohiyatini yuzaga chiqarish borasidagi imkoniyatlar yuzasidan qizgʻin fikr almashildi. Ahamiyatlisi, bolalarning oʻzlari ham muloqotda faol ishtirok etishdi.

Uchrashuvda senatorlar oʻzlari saylangan okruglarda faoliyati yoʻlga qoʻyilgan Oilaviy bolalar uylariga har tomonlama koʻmaklashib turishga kelishib oldilar.
Shu bilan birga koʻrib chiqilayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning bolalar manfaatlariga mos kelishi, bu yoʻnalish asosida qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining amaldagi ijrosi ustidan parlament nazoratining qatʼiy olib borilishi ham belgilab olindi.



















Foto: Yunus Bo‘riyev / “Xalq so‘zi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring