Senatda raqamlar va tahlillar muhokama etiladi
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
Hisob palatasining 2018 yildagi faoliyatiga oid hisobot kun tartibidagi yana bir muhim masalalardan hisoblanadi. Uni qoʻmitamizda dastlabki tarzda muhokama qilish chogʻida palata zimmasiga yuklatilgan vazifalarning samarali amalga oshirilishi Davlat byudjetini lozim darajada ijro etishga, byudjetdan tashqari jamgʻarmalar faoliyati va kredit resurslaridan maqsadli foydalanishga xizmat qilishi taʼkidlandi.
Hisobot davrida byudjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga tushumlarning toʻliqligi, ularning maqsadli shakllanishi va samarali ijro etilishini taʼminlash, soliq sohasida islohotlarni amalga oshirish va byudjetga qoʻshimcha daromad keltiradigan zaxiralarni aniqlashga eʼtibor qaratilgan. Senatorlar bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish lozimligini qayd etishmoqda. Ayniqsa, oltin-valyuta zaxiralari holati ustidan monitoring va davlat nazoratini amalga oshirish boʻyicha palata tomonidan olib borilayotgan tizimli ishlarini davom ettirish talab qilinadi.
Bunda davlat va hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining toʻliq va samarali ijro etilishiga toʻsqinlik qilayotgan tizimli kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish lozim. Hisobotda keltirilgan raqamlar va tahlillar Senat yalpi majlisida yana bir karra muhokama qilinadi.
Kobul TURSUNOV, Oliy Majlis Senati aʼzosi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring