Senatda Qatar Shoʻro kengashi Raisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq soʻzi”
Joriy yilning 4-aprel kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan Qatar Shoʻro kengashi Raisi Hasan bin Abdulloh Al-Gʻanim boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi parlamentlararo munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar Oʻzbekiston va Qatar parlamentlararo doʻstlik guruhlari faoliyatini yanada jonlantirish, oliy darajada erishilgan ikki tomonlama bitimlarning ijrosini taʼminlash va qonunchilik sohasida tajriba almashishni davom ettirishga kelishib oldilar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring