Senatda Italiya parlamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

20:46 15 Aprel 2026 Siyosat
318 0

Joriy yilning 15-aprel kuni Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi Bahrom Abdullayev Italiya Respublikasi Parlamenti Deputatlar palatasi deputati, “Italiya – Markaziy Osiyo” parlamentlararo hamkorlik guruhi rahbari Fabritsio Bensoni boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Muloqot davomida Oʻzbekiston va Italiya oʻrtasidagi strategik sheriklik munosabatlarining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar parlamentlararo hamkorlikni mustahkamlash, qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish va oʻzaro manfaatli tashabbuslarni ilgari surish masalalariga eʼtibor qaratdi.

Suhbat chogʻida parlamentlararo hamkorlik guruhlari faoliyatini tizimli yoʻlga qoʻyish, ular oʻrtasida muntazam muloqotni taʼminlash, qoʻshma harakatlar rejasini ishlab chiqish boʻyicha takliflar ilgari surildi.

Shuningdek, taʼlim va ilm-fan sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish, qoʻshma taʼlim dasturlari va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер