Senatda “Estoniya – Oʻzbekiston” hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhi aʼzolari bilan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 10-mart kuni “Oʻzbekiston – Estoniya” va “Estoniya – Oʻzbekiston” hamkorlik boʻyicha parlamentlararo guruhlarining onlayn uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Muloqot davomida ikki mamlakat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar izchil rivojlanib borayotgani, ushbu hamkorlik mustahkam tarixiy asoslarga ega ekani hamda oʻzaro hurmat va ishonch tamoyillari asosida taraqqiy etayotgani alohida taʼkidlandi.
Uchrashuv chogʻida parlamentlararo hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Xususan, parlamentlararo guruhlar faoliyati samaradorligini oshirish, parlament nazorati mexanizmlarini takomillashtirish hamda bu borada oʻzaro tajriba almashish masalalariga toʻxtalib oʻtildi.
Shuningdek, qonun ijodkorligi sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, ilgʻor tajribalar bilan oʻrtoqlashish va parlamentlararo muloqotni yangi mazmun bilan boyitish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Tomonlar delegatsiyalar almashinuvi va muntazam muloqotlar orqali hamkorlikni yanada faollashtirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring