Senat Raisining birinchi oʻrinbosari OʻzMU talabalari bilan uchrashdi

11:28 24 Dekabr 2020 Sport
1199 0

2020-yil 23-dekabr kuni  Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari  Sodiq Safoyev ishtirokida Oʻzbekiston Milliy Universitetida uchrashuv oʻtkazildi.

Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish, shu jumladan, regbini yana-da ommalashtirish, sport bilan shugʻullanish uchun qulay shart-sharoitlar va infratuzilma yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-oktyabrdagi «Oʻzbekiston Respublikasida regbi sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida 2020/2021 oʻquv yilidan boshlab OʻzMUning Taekvondo va sport faoliyati fakultetida regbi bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga 45 nafar talaba qabul qilindi.

Tadbirda Oʻzbekiston Regbi Federatsiyasi hamda Oʻzbekiston Milliy Universiteti oʻrtasida mamlakatimizda ayollar orasida regbi sport turini rivojlantirish, chekka hududlardagi iqtidorli sportchi xotin-qizlarni topish, ularni kelajakda Oʻzbekiston nomidan jahon chempionatlari, Olimpiada oʻyinlariga tayyorlash toʻgʻrisidagi hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Shuningdek, Oliy Majlis Senati Raisining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Regbi Federatsiyasi Prezidenti S.Safoyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi A.Xalilov tomonidan mazkur oliy oʻquv yurti Axborot-resurs markaziga kitoblar jamlanmasi taqdim etildi.

Uchrashuvda kitoblar — insonning aqliy rivojlanishi, tasavvuri kengayishi, maʼnaviy olami boyishida asosiy turtki boʻlishini, qolaversa, kishining eng yaqin doʻsti va maslahatchisi, bilim manbai ekanligi taʼkidlanib, talaba-yoshlarning kitobxonlikka boʻlgan qiziqishlari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер