Savdo yarmarkasi: nogironligi boʻlgan shaxslar qoʻllab-quvvatlanmoqda
Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Termiz shahrida nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar yarmarkasi oʻtkazilmoqda. Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat hokimligi, Savdo-sanoat palatasining viloyat hududiy boshqarmasi va “Inklyuziv” taʼlim markazi hamkorligida “Nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar” savdo yarmarkasi tashkil etildi.
Yarmarkada viloyatning turli hududlaridan jalb etilgan hunarmand, oʻz biznesini yoʻlga qoʻyish istagidagi nogironligi boʻlgan fuqarolarning 700 turdan ziyod mahsuloti savdosi yoʻlga qoʻyilgan.

— Ushbu ijtimoiy loyiha nogironligi boʻlgan shaxslarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda oʻz biznesini boshlashda koʻmak berishni maqsad qilgan, — deydi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi matbuot kotibi Aziz Masharipov. — Yarmarkada hunarmandchilik buyumlarini hamyonbop narxlarda xarid qilish imkoniyati yaratildi. Uning doirasida 118 million soʻmlik mahsulotlar sotilishiga erishildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring