Savdo-sanoat palatasida “Oʻzbekiston-Kanada” doʻstlik jamiyati direktori bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

23:23 03 May 2023 Siyosat
632 0

2023-yil 29-aprel kuni SSP raisining oʻrinbosari M.Adilov va umumxalq referendumi kuzatuvchisi, “Oʻzbekiston–Kanada” doʻstlik jamiyati direktori Z.Abdultaif oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida mamlakatlarimiz oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarning hozirgi holati, Savdo-sanoat palatalari va tadbirkorlik subyektlari oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Z.Abdultaif ishbilarmon doiralarimiz oʻrtasida togʻ-kon sanoati, qishloq xoʻjaligi, farmatsevtika, turizm kabi sohalarda aloqalar yoʻlga qoʻyilganini taʼkidladi.

M.Adilov ikki mamlakat oʻzaro hamkorligining koʻp yoʻnalishlari borligini va birgalikdagi saʼy-harakatlar bilan salohiyatni amalga oshirish hamda tovar ayirboshlash koʻrsatkichlarini rivojlantirish mumkinligini taʼkidladi.

Shuningdek, tomonlar mamlakatlarimiz ishbilarmon doiralari oʻrtasidagi aloqa nuqtalarini aniqlash maqsadida ikki mamlakat Savdo-sanoat palatalari oʻrtasida, jumladan, mintaqalararo darajada hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalarini muhokama qildi.

Suhbat yakunida Kanada tashkilotlarini Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida SSP faoliyati toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot berishga kelishib olindi.

Bundan tashqari, janob Z.Adbultaif oktyabr oyida Kanadada boʻlib oʻtadigan tadbirga taklif qildi va tashrif davomida Kanadaning yirik mintaqaviy palatalari (Monreal, Vankuver va boshqalar) bilan uchrashuvlar tashkil etilishi toʻgʻrisida taʼkidladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер