Saudiya Arabistonida Oʻzbekistonning turizm salohiyati keng targʻib qilinmoqda
Mamlakatimizning turistik salohiyatini targʻib qilishga qaratilgan “Oʻzbekistonning sayyohlik qishloqlari” maqolasi El Nabaa – “Yangilik” - elektron gazetasida nashr etildi. Maqola shuningdek, “Bayram arafasida... Oʻzbekistonda eng chiroyli sayyohlik qishloqlari qaysi” sarlavhasi ostida Saudiya Arabistonining bir nechta ommaviy axborot vositalarida ham eʼlon qilindi.
Jumladan, “Alharir.info”, “Watana News”, “Nabd”, “Nabd al Hadath”, internet nashrlarida, Turistik yangiliklar agentligining “tna_media24” – Twitter sahifasida 13 qismdan iborat maxsus reportaj berildi hamda “Nabd al Hadath” internet nashrining Twitter sahifalarida keng yoritildi.
Bu loyiha respublikamizning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirish maqsadida Madaniyat va turizm vazirligi bilan Oʻzbekistonning Saudiya Arabistonidagi Elchixonasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Quyida Saudiya Arabistoni OAVlarida eʼlon qilingan mediamateriallar bilan tanishishingiz mumkin:
“Oʻzbekiston turizm salohiyati”
“Oʻzbekiston saudiyalik turistlarni vizasiz tartib bilan qutlaydi”
“Samarqand. Oʻzbekistondagi sayyohlik shaharlarining ramzi”
“Oʻzbekiston turistik safarlari Xalij davlatlari sayyohlarini oʻziga jalb qilmoqda”
“Oʻzbekiston... Sport turizmidagi soʻnggi rivojlanishni namoyish etmoqda”
“Arab Countriyes Mutawafa kompaniyasi Oʻzbekiston ziyoratchilarini Saudiya qahvasi bilan kutib oldi”
“Oʻzbekiston turizm salohiyati... Qadimiy tarix va rang-barang madaniyat”
“Buxoro... Oʻzbekistonning eng mashhur turistik shahri”
“YUNESKO Oʻzbekistonning Xiva shahrini jahon merosi sifatida qabul qilgan”
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonning Saudiya Arabistonidagi Bosh konsulxonasi hamda “Swift news” elektron nashri tahririyati oʻrtasida bir yillik muddatga oʻzaro hamkorlik bitimi imzolandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring