Saudiya Arabistoni ziyoratchilarni ogohlantirdi
Arxiv foto
Saudiya Arabistoni Sogʻliqni saqlash vazirligi havo haroratining sezilarli darajada koʻtarilishi bu yil ziyoratchilar uchun asosiy muammolardan biri ekanligini maʼlum qilgan.
Haj mavsumi boshlanadigan 14-iyun kuni oʻrtacha harorat 44 darajagacha koʻtarilishi aytilmoqda.
Ziyoratchilar issiqdan saqlanish uchun soyabon olib yurishi, yetarli miqdorda suv ichishi va keraklicha dam olishlari haqida tavsiya berilgan vazirlik xabarida. Shuningdek, ob-havo sharoitidan kelib chiqib, tashrif buyuruvchilar xavfsizligini taʼminlash uchun tayyorgarlik ketayotgani qoʻshimcha qilingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring