Saudiya Arabistoni vazirlar mahkamasi mamlakatni SHHTga aʼzo boʻlish qarorini maʼqulladi

21:19 29 Mart 2023 Dunyo
1176 0

Illyustrativ foto

Saudiya Arabistoni vazirlar mahkamasi Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo boʻlish qarorini maʼqulladi.

Saudiya Arabistoni qirollikka Shanxay hamkorlik tashkilotida (SHHT) muloqot boʻyicha hamkor maqomini berish toʻgʻrisidagi memorandumni tasdiqladi.

Shanxay hamkorlik tashkiloti 2001-yilda Xitoy, Rossiya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston va Qirgʻiziston tomonidan tashkil etilgan. Keyinchalik ushbu tashkilotga Hindiston, Pokiston va Eron qoʻshildi.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo boʻlish masalasi XXR raisi Si Szinpinning oʻtgan yilning dekabr oyida Saudiya Arabistoniga tashrifi chogʻida muhokama qilingan.

Muloqot boʻyicha hamkor maqomi qirollikka oʻrta muddatli istiqbolda toʻliq aʼzolikni berishdan oldin tashkilot ichidagi birinchi qadam boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер