Saudiya Arabistoni Superkubogining finalchilari nomi maʼlum boʻldi
Xabar berganimizdek, ayni kunlar Gonkongda Saudiya Arabistoni Superkubogi musobaqasi boʻlib oʻtmoqda.
19-avgustda turnirning dastlabki yarim finalida Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi “Al-Nasr” klubi Karim Benzema sardorligidagi “Al-Ittihod” jamoasini magʻlub etgandi.
Kecha, 20-avgust kuni musobaqaning ikkinchi yarim finali boʻlib oʻtdi. Unda Osiyo Elit chempionlar ligasining amaldagi gʻolibi “Al-Ahli”, Saudiya Qirol kubogi finalchisi “Al-Qadsiya” klubi bilan kuch sinashdi. Uchrashuv “Al-Ahli” klubining 5:1 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.
Gollarga gʻoliblardan Frank Kessye (2 ta), Ayvan Touni va Enso Milli mualliflik qildi. Yana bir muvaffaqiyatli zarba avtogol sifatida Nacho Fernandes hisobiga yozildi. “Al-Qadsiya”ning javob golini esa Gaston Alvares kiritdi.
Endi “Al-Ahli” ushbu musobaqa finalida “Al-Nasr” bilan toʻqnash keladi. Ushbu oʻyin 23-avgust kuni boʻlib oʻtadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring