Saudiya Arabistoni hukumati mamlakat chegaralarini ochishini maʼlum qildi
Saudiya Arabistoni 17-may kuni chegaralarini ochadi va oʻz fuqarolarining chet elga sayohatiga qoʻyilgan cheklovlarni bekor qiladi.
Bu haqda Qirollik ichki ishlar vazirligi maʼlum qildi. Rasmiy idora xabariga koʻra, boshqa davlatlar bilan suv, quruqlik va havo aloqasi 17-may kuni mahalliy vaqt bilan soat 01: 00dan boshlab tiklanadi.
Cheklovlar bir oydan koʻproq vaqt oldin koronavirus bilan kasal boʻlganlar, vaksina olganlar, shuningdek, tibbiy sugʻurta polisi boʻlgan 18 yoshgacha boʻlgan fuqarolar uchun bekor qilinadi.
Saudiya Arabistoniga kelgan chet el fuqarolari esa ikki haftalik karantindan oʻtishlari kerak boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring