Sarxushlikda yoʻqotilgan telefon topildi
Spirtli ichimliklarni koʻp isteʼmol qilish odam organizmiga zarar. Ammo, Nishon tumani “Koʻksoy” MFYda yashovchi H.E. buni bilsada, joriy yil 16-iyul kuni Nuriston shaharchasidagi bozorga borib, tanishlari bilan ancha miqdorda spirtli ichimlik isteʼmol qilib, mast boʻlib qoladi. Natijada qoʻl telefonini yoʻqotgan.
Nishon tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida telefonni tumanni “Oq-oltin” MFYda yashovchi A.R. oʻgʻirlaganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan Nishon tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring