Sarxil mevalarimizga dunyo xaridor
Foto: «Халқ сўзи»
Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumanidagi “Oʻqchi” va «Katta tagob» mahalla fuqarolar yigʻinlarida yashovchi aholi asosan sarxil meva va rezavorlar yetishtirish bilan shugʻullanadi.
«Katta tagob» mahallasi bogʻlarida erta bahorda sharbatga toʻlib pishadigan gilos Rossiya va MDH davlatlarida juda ham xaridorgir. Shu bois koʻklamda mahallada uzoq-yaqin davlatlardan kelgan xaridorlar, yuk mashinalarining sanogʻiga yetish qiyin boʻladi.

— Qulupnaychilik ham mahallamizning oʻziga xos “tashrif qogʻozi”, — deydi “Oʻqchi” MFY faoli Martabaxon Jalilova. — Shuningdek, ayni paytda mahalladoshlar ixtiyorida 500 gektar mevazor bogʻlar mavjud. Qoʻqon hududi tumanlarida oʻrik, shaftoli, gilos, olma yetishtirish va xorijga eksport qilish borasida oʻqchiliklarning oldiga tushadigani yoʻq.
Qishloq xoʻjaligida foydalanilmaydigan qir-adirlarni oʻzlashtirish va bu yerlarda mevazor bogʻlar barpo etishda oʻqchiliklar ishning koʻzini biladigan omilkor bogʻbonlar sifatida tanilgan.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring